“Oʻzbekkino” BBC bilan hamkorlikda Oʻzbekiston haqida hujjatli filmlar suratga olish boʻyicha yirik loyihani amalga oshirmoqchi

16:55 17 Sentyabr 2019 Jamiyat
134 0

Londonda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi rahbariyati BBC Broadcasting House kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv doirasida soʻnggi 3 yil ichida Markaziy Osiyoda yuz bergan tarixiy oʻzgarishlar, jumladan, Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishi va bu oʻzgarishlar oddiy odamlar, umuman mintaqa hayotiga qanday taʼsir koʻrsatayotgani haqida hikoya qiladign bir qator hujjatli filmlarni suratga olish boʻyicha kelishuvga erishildi. odamlar va umuman mintaqa. Bundan tashqari, tarixiy va madaniy yoʻnalishda ham qator filmlar yaratishga kelishi olindi. Bu roʻyxatda Oʻrta Osiyoning birinchi fotosuratchisi va oʻzbek kinosining asoschisi Xudoybergan Devonov haqidagi film yetakchilik qiladi.

Kompaniyaning AQSH va Yevropa davlatlarida biznesni rivojlantirish boʻyicha rahbari Frederik Durman uchrashuv chogʻida Bi-bi-si Oʻzbekiston bilan jadal va samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan mamnun ekanligini, yangi loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda Bi-bi-si auditoriyasini kengaytirishini taʼkidladi.

“Katta Langar Qurʼoni: Afsona va haqiqatlar“ loyihasining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Bi-bi-si va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasi boʻldi. Ushbu film orqali biz jahon, ayniqsa Yaqin Sharq auditoriyasiga Oʻzbekistonning boy madaniy merosi, shuningdek, maʼrifatparvar islom gʻoyalari haqida maʼlumot berishga harakat qildik“, dedi Yaqin Sharq mintaqasi boʻyicha jurnalistika boʻlimi boshligʻi Salim Patka uchrashuv davomida.

Oʻz navbatida, “Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori F. Abduxoliqov birgalikda nafaqat hujjatli filmlar yaratish, balki Oʻzbekistondagi yosh hujjatli kino ustalarining ijodiy saviyasini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini muntazam ravishda oʻtkazish muhimligini taʼkidladi. “Kino haqida soʻz borarkan, hujjatli kinodek dunyoga mashhur janrni unutmaslik kerak. Bugungi kunda keng auditoriyani jalb qila oladigan hujjatli filmlar yaratishda oʻziga xos usullar, ijodiy yondashuvlar mavjud. Umid qilamizki, ushbu loyiha dunyoga yangi Oʻzbekiston va uning buyuk tarixi haqidagi yangi filmlarni taqdim etish barobarida, Oʻzbekiston hujjatli kinosi yosh vakillarining yanada kamol topishi, tajriba orttirishi, yangi koʻnikmalar hosil qilishida muhim oʻrin tutadi”, - deydi F.Abduxoliqov.

Shuningdek, BBC oʻzbek xizmati Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati haqida 10 daqiqalik haftalik dasturlar berib borishini maʼlum qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?