O‘zbekistonliklar MDH davlatlari valyutalarida hisob raqamlari ochish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin

12:43 12 Iyul 2018 Iqtisodiyot
123 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston banklarida yaqin vaqt ichida MDH mamlakatlari milliy valyutalarida hisob raqamlari ochish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov MDH mamlakatlari tomonidan tuzilgan Davlatlararo banki delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda bu haqida ma’lum qilindi.

“Xususan, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki qadam sifatida MDH mamlakatlari milliy valyutalarida o‘zaro korrespondentlik raqamlarini ochish imkoniyati muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

To‘lovlarni amalga oshirishda Davlatlararo bank to‘lovchining mamlakati milliy valyutasi oluvchining mamlakati milliy valyutasiga konversiya qilinishini ta’minlaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda Qozog‘iston banki ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar qilingandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?