O‘zbekistonlik parakanoechi Jahon kubogida g‘oliblikka erishdi

15:17 21 May 2018 Sport
788 0
Foto: olamsport.com

Vengriyada parakanoe bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘di. Oltmishdan ziyod mamlakat vakillari ishtirok etgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli qatnashdilar.

Jumladan, ayollar o‘rtasida KL-3 yo‘nalishida o‘tkazilgan final bosqichida Shahnoza Mirzayeva barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Xuddi shu yo‘nalishning erkaklar o‘rtasida hamyurtimiz Hayitmurod Sherqo‘ziyev kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir vakilimiz Azizbek Abduhabibov esa KL-2 yo‘nalishida bronza medali sohibiga aylandi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?