Oʻzbekistonda UzCard tizimi ishlamayapti. Bu bir kunda qancha zarar keltirishi mumkin?

17:12 16 Sentyabr 2018 Iqtisodiyot
2035 0

15 sentyabr kuni 18:52dan boshlab Oʻzbekistonda Yagona umumrespublika protsessing markazi (YUPM) UzCard tizimida texnik nosozliklar sabab ishdan chiqqan. Bu maʼlumotni kompaniya rasmiy sayti ham tasdiqladi.

Hozircha, tizimning qachon yana qayta ishga tushishi haqida maʼlumotlar yoʻq. 16 sentyabr 17:15gacha boʻlgan holatda tizim hamon ishlamay qolayotgandi. Bu 22 soatdan ortiqroq vaqtdan buyon oʻzbekistonliklar oʻz plastik kartochkalari orqali istalgan turdagi toʻlovlarni amalga oshira olmayotganini bildiradi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2018 yil 1 sentyabr holatiga Oʻzbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari soni - 18.026.562 tani tashkil qiladi. Terminallar soni - 243.236 ta, bankomat va infokiosklar soni - 6.279 ta.

2018 yil yanvar-avgust oylari davomida toʻlov terminallari orqali tushgan tushumlar soni 39 trln 278 mlrd.soʻmdan ortiqroq mablagʻni tashkil qiladi.

Bu Oʻzbekistonda bir kunda (24 soatda) Respublika boʻyicha oʻrtacha 164 mlrd.soʻm terminal tushumlari amalga oshiriladi degani.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?