Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan xitoylik turistlar soni 75,2 foiz qisqarib ketdi

15:19 09 Mart 2020 Welcome to uzbekistan
154 0

Koronavirus tarqalishining Oʻzbekiston turizm sohasiga taʼsirining birinchi oqibatlari maʼlum boʻldi. Fevral oyida yurtimizga tashrif buyurgan xitoylik turistlar soni oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 75,2 foiz qisqarib ketgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yil fevralida yurtimizga 705 nafar sayyoh kerak.

Oʻtgan yil oxirida Xitoy bilan yoʻlga qoʻyilgan vizasiz rejim bekor qilinmagan boʻlsa-da, Uzbekistan Airways epidemiya tugagunga qadar Pekin va Urumchiga parvozlarni 1-fevraldan boshlab bekor qilgan edi.

Xitoylik turistlar sonining qisqarib ketishi Oʻzbekiston sayyohlik industriyasiga sezilarli zarar yetkazdi. Oʻtgan yil Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan sayyohlar soni boʻyicha uzoq xorij mamlakatlari orasida Xitoy ikkinchi oʻrinni egallagan edi. 2019-yilda Chin oʻlkasidan yurtimizga 61,9 ming kishi tashrif buyurgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?