Oʻzbekistondan xorijga 1,3 mlrd dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilindi

18:45 23 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
200 0

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizdan 2020-yilning 9 oyida chet elga 1,3 mlrd. AQSH dollari qiymatidagi 455 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan. Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 171,6 mln. AQSH dollariga yaʼni 14,6 % ga oshgan.

Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya – 486,5 mln.
- Xitoy – 277,5 mln.
- Qirgʻiz Respublikasi – 196,5 mln.
- Turkiya – 153,4 mln.
- Polsha – 32,6 mln.
- Qozogʻiston – 30,6 mln. AQSH dollari

2020-yilning 9 oyida mamlakatimizga 148,3 mln. AQSH dollari qiymatidagi toʻqimachilik mahsulotlari import qilinib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 8,2 % ga kamaygan.

Maʼlumot oʻrnida, 2020-yilning 9 oy yakuni boʻyicha toʻqimachilik korxonalari tomonidan 23,8 trln. soʻm qiymatidagi toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 % ga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?