Oʻzbekistonda sement importi boʻyicha cheklov bekor boʻldi

15:33 23 May 2020 Iqtisodiyot
129 0

“Koronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xomashyo eksporti va sement importini vaqtinchalik cheklash toʻgʻrisida” hukumat qaroriga oʻzgartirish (309-son, 22.05.2020-y.) kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Hukumatning 2020-yil 23-apreldagi qaroriga muvofiq Oʻzbekistonga sement importi vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, sement mahsulotini (TIF TN boʻyicha kod 2523210000 va 2523290000) import boʻyicha olib kirishga joriy qilingan cheklov 2020-yilning 23-mayidan boshlab bekor boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?