Oʻzbekistonda Tatariston madaniyat kunlari boshlandi

15:05 19 Sentyabr 2019 Madaniyat
171 0

Tatar xalqi taniqli rassom Chingiz Axmarov suratlari bilan nafaqat Oʻzbekistonning, balki butun dunyo xalqlarining soʻnmas mehr-muhabbatini qozongan. Qolaversa, Rim Geniatullin, Galiya Izmaylova va boshqalar kabi fan, siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va sanʼat sohasidagi koʻplab taniqli kishilarni xalqimiz katta hurmat bilan tilga oladi.

Mana shu doʻstlikning yana bir isboti sifatida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Tatariston madaniyat kunlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va ikki xalq sanʼat ustalarining konsert dasturi boʻlib oʻtdi.

Madaniyat kunlarining ochilish marosimiga bagʻishlangan tantanali tadbirda tatar madaniy markazi faollari, Oʻzbekistondagi tatarlar, diplomatlar, jamoat arboblari, madaniyat va sanʼat xodimlari ishtirok etdi.Teatr foyesida badiiy-amaliy sanʼat koʻrgazmasi, shoir va yozuvchilarning kitoblari taqdimoti, sanʼatkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi“


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?