Oʻzbekistonda tabiiy monopoliya subyektlari roʻyxati eʼlon qilindi

12:24 16 May 2020 Iqtisodiyot
212 0

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestridagi korxonalar roʻyxatini eʼlon qildi.

2020-yil 1-aprel holatiga tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha 136 ta xoʻjalik yurituvchi subyekt roʻyxatga olingan.

Reyestrning respublika boʻlimiga “Urgenchtransgaz” UK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Maxsusenergogaz” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ, “Tuyamuyun-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Tuyamuyun-Urgench mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Damxoʻja mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Toshkent viloyati Chimgan-Chorbogʻ rekratsion hududiy mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Oʻzaeronavigatsiya” DUK kirgan.

Reyestrning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimiga “Kommunalыk ыssыklыk orayы” AJ, “Taxiatosh Issiqlik tarmoqlari” MCHJ, “Nukus xalqaro aeroporti” DUK, “Oʻzbekiston Temir yoʻllari» AJ Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK kirgan.

Reyestrning Toshkent shahri hududiy boʻlimi roʻyxatidan “Toshisiqquvvati” DUK, Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti, “Toshkent mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK, “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” DUK, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Zenit” MCHJ, “Fayz” MCHJ, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ, “Toshkent issiqlik markazi” DUK, “Podyemnik” AJ, “Oʻzelektroapparat-Elektrosheld” MCHJ, “SOUTH-WEST TERMINAL” MCHJ, “ATM LOGISTIK” MCHJ, “Suvsoz” DUK, “Toshkent suv taʼminoti” UK, “ROSINFORMSERVIS” SHK va “Toshkent devor panellari zavodi” MCHJ joy olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?