Oʻzbekistonda qor yogʻishi kutilmoqda

10:30 06 Aprel 2020 Jamiyat
2225 0

arxiv foto

“Oʻzgidromet”markazidan xabar berishlaricha, 7-9-aprel kunlari qor yogʻishi kutilmoqda.

Sababi Oʻzbekiston hududiga Volgaboʻyi rayonlari (Astraxan) orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva) ustida shakllangan nam va sovuq havo oqimlari kiradi.

7-9-aprelda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, 8-aprelda ayrim joylarga kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Kechasi va 9-aprelda ertalab ayrim joylarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

7-8-aprelda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha yetishi kutilmoqda.

Havo harorati 7-aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja, 8-aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 9-aprelda kechasi 0-5 daraja, ayrim joylarda 1 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

8-9-aprelda respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?