Oʻzbekistonda qatorasiga ikkinchi kun soʻm yanada mustahkamlandi

15:42 22 Avgust 2019 Iqtisodiyot
214 0

22-avgustda ham valyuta birjasidagi savdolarda milliy valyuta 1 AQSH dollari uchun 9371 soʻmgacha mustahkamlandi. Bu haqda birja maʼlum qildi.

20-avgust kuni Markaziy bank bozorda mustaqil shakllanishi uchun valyuta kurslarini “erkin suzish”ga qoʻyib yuborgandan soʻng soʻm qatorasiga ikkinchi kun mustahkamlandi. Oxirgi marta bunday holat iyunda roʻy bergandi.

Aksincha, valyuta birjasida savdo keskin tushib ketdi. 21-avgust kuni 150 mln.dan ziyod sotilgan boʻlsa, 22-avgustda 66,2 mln.ga tushib qoldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?