Oʻzbekistonda oʻtgan davrda naqd pul aylanmasi hajmi 105,5 trln. soʻmni tashkil etdi

13:30 15 May 2020 Iqtisodiyot
172 0

Markaziy bank 2020-yilning oʻtgan davrida naqd pul muomalasi boʻyicha qisqacha sharhini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning oʻtgan davri mobaynida (yanvar-aprel oylari) bank tizimida naqd pullar aylanmasidagi holat va oʻzgarishlar mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jumladan, joriy yilning dastlabki choragidagi yuqori oʻsish suʼatlari ortidan aprel oyidagi iqtisodiy faollikning sustlashishi taʼsirida shakllandi.

2020-yilning yanvar-aprel oylarida naqd pul aylanmasi hajmi 105,5 trln. soʻmni tashkil etgan holda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 41 foizga oshdi.

Mazkur davrda bank kassalariga naqd pullar tushumi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 39 foizga koʻpayib, 52,1 trln. soʻmni tashkil qildi.

Bank kassalariga kelib tushgan naqd pullar hajmi naqd pulga boʻlgan talab miqdoridan koʻp boʻlganligi sababli 2020-yilning I choragida 209 mlrd. soʻmlik naqd pullar muomaladan qaytgan boʻlsa, aksincha joriy yilning aprel oyidagi holat muomalaga qoʻshimcha 1 472 mlrd. soʻm chiqarishni taqozo etdi.

May oyidan boshlab naqd pul tushumlari qayta tiklana boshladi. Xususan, naqd pul tushumlari joriy yil aprel oyining birinchi 10 kunida 2,4 trln. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, may oyining 10 kunida 700 mlrd. soʻmga oshib,3,1 trln. soʻmga yetdi.

2020-yilning yanvar-aprel oylarida bank kassalari (shu jumladan, bankomatlar) orqali chiqim qilingan naqd pullar 53,4 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga koʻpaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?