Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari koʻngillilarda oʻtkaziladi

10:56 22 Oktyabr 2020 Jamiyat
709 0

Joriy yilning 21-oktyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini Oʻzbekistonda tashkil etish masalasi boʻyicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda klinik sinovda oʻtayotgan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik-muhandislik oqsili boʻlib, u adenovirus hamda inaktivlashgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Genetik-muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari xitoylik hamkorlar bilan emlash jarayonini tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik koʻrish masalalarini muhokama qildi. Klinik sinovlar 18 va undan katta yoshdagi koʻngilli insonlarda oʻtkazilishi kutilmoqda. Sinov boshlanishidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi vakillari tomonidan emlash shartlarini tushuntirishga qaratilgan bir qator treninglar oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?