Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga yetsa, sogʻliqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi?

12:57 13 Iyul 2020 Jamiyat
3632 0

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni qanchaga yetsa, sogʻliqni saqlash tizimi inqiroz holatiga tushib qoladi? Imkoniyatlarimiz qancha kasallarga xizmat koʻrsatishga yetadi? Ushbu savolga tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov javob berdi.

“Bu borada dunyo hamjamiyatidagi statistik maʼlumotlarga eʼtibor qaratish kerak. Janubiy Koreyani olamizmi, Xitoyni olamizmi, bugungi kunda koronavirusga qarshi kurashayotgan davlatlarning tajribasini oʻrganganimizda, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar mutaxassislar bergan takliflarga asoslangan. Xususan, bizda ham shunday. Taklif-tavsiyalarni davlat komissiyasi har tomonlama oʻrganadi. Barcha ishlarimiz komissiya tomonidan qabul qilingan protokollar ijrosi doirasida amalga oshirilyapti. Hozir biz bir necha asosiy yoʻnalishlarda olib borayotgan ishlarimiz keyingi bosqichdagi holatlarning oldini olishga qaratilgan”, deydi Alimov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?