Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9700 nafardan oshdi

00:00 05 Iyul 2020 Jamiyat
248 0

2020-yil 4-iyul soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9708 (+97) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi. 

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 58 nafari Toshkent shahrida (shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 31 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6425 (+174) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3252 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?