Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3028 nafarga yetdi

16:50 22 May 2020 Jamiyat
138 0

2020-yil 22-may soat 16:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3028 (+22) nafarni tashkil qilmoqda.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda boʻlgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi. Karantinda boʻlgan fuqarolarning 6 nafari chet etdan kelgan, 5 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Aholi orasidan aniqlangan holatlarning barchasi Samarqand viloyatiga toʻgʻri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda boʻlgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qatʼiy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaydi. Hozirda mamlakatimizda 552 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?