Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 10 ming nafardan oshdi

23:55 05 Iyul 2020 Jamiyat
881 0

2020-yil 5-iyul soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10020 (+84) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi. 

Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), 22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 66 nafar, 1-son shahar klinik shifoxonasida 26 nafar va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 46 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6584 (+159) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3402 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?