Oʻzbekistonda koronavirusdan sogʻayganlar soni 2500 nafarga yaqinlashdi

21:27 22 May 2020 Jamiyat
92 0

Bugun Namangan viloyatida yana 9, Andijon viloyatida 4, Samarqand viloyatida 16, jami 29 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzaldi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Shunday qilib Namangan viloyatida COVID-19 dan forigʻ boʻlganlar soni 233, Andijon viloyatida 167, Samarqand viloyatida esa 218 nafarga yetdi.

Bugun yurtimizda 85 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2492 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?