Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni yana oshdi

12:49 17 Mart 2020 Jamiyat
2308 0

Illyustrativ surat

Shu yilning 15-mart kuni soat 05:15 da “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yoʻnalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Keyin maʼlum boʻlishicha, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmush oʻrtogʻi va yana bir fuqaroda ham ushbu infeksiya tasdiqlangan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar tarqatdi.

Shu tariqa ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli boʻlib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilmoqda.

Infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni izchil amalga oshirmoqda.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 179 340 kishiga yetgan.

79 615 kishi ushbu kasallikdan tuzalgan

Infeksi tufayli 7121 kishi hayotdan koʻz yumgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?