Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 3700 nafardan oshdi

23:41 01 Iyun 2020 Jamiyat
238 0

Foto: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

2020-yil 1-iyun soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 (+29) nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi tomonidan maʼlum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi (20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda boʻlgan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2859 (+22) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 828 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?