Oʻzbekistonda yil oxiriga qadar 111 ta koʻp qavatli uy qurib bitkaziladi

10:08 15 Avgust 2019 Jamiyat
36 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-avgust kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunikatsiyalar infratuzilmasini yaxshilash masalalari ham koʻrib chiqildi.

Hisobot davrida uy-joylar, yoʻl-logistika va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurish boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Obod qishloq” dasturi doirasida 159 tumandagi 478 ta qishloq yangicha qiyofa kasb etdi, ularga ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari tortildi. Shuningdek, 3,6 ming kilometr avtomobil yoʻllarida qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi.

Bu boradagi ishlarni davom ettirib, aholining uy-joyga boʻlgan ehtiyojini qondirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash masalalariga yana bir bor eʼtibor qaratildi.

Yil yakuniga qadar 10 mingta uy-joy va 111 ta koʻp qavatli uylarni qurib bitkazish, 1 ming 200 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ularning sifati va narxlarini alohida nazoratga olish zarurligi taʼkidlandi. Oʻzbekistonda birinchi yarim yillikda qariyb 86 trillion soʻm, yaʼni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar koʻp investitsiyalar oʻzlashtirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?