Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana oshdi

16:27 13 May 2019 Iqtisodiyot
392 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 14 maydan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 9 soʻm 27 tiyinga qimmatlashib, 8458 soʻm 16 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 38 soʻm 29 tiyinga qimmatlashib, 9501 soʻm 5 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 7 tiyinga arzonlashib, 129 soʻm 74 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 133 soʻm 27 tiyinga qimmatlashib, 10 994 soʻm, 76 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?