Oʻzbekistonda COVID-19ga qarshi yaratilgan yangi biologik birikmalar Shanxayda skrining qilinmoqda

15:59 24 Aprel 2020 Lifestyle
364 0

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan “Rutan” preparatini “China-Uzbekistan medicine technical park” XK MCHJ da ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida mazkur texnoparki bilan litsenzion shartnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda OʻzFA axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Institutda oʻtkir respirator infeksion kasalliklarga qarshi ishlab chiqilgan 30 ta yangi biologik faol birikmalarni COVID-19 virusiga qarshi taʼsirini sinovdan oʻtkazish maqsadida Shanxay tibbiy materiya institutiga yetkazib berildi. Hozirda ushbu birikmalarni tojdor virusiga qarshi taʼsiri Shanxay tibbiy materiya instituti xodimlari tomonidan skrining qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?