O‘zbekistonda chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paydi

16:38 12 Iyul 2018 Iqtisodiyot
120 0
Foto: i-fin.ru

Respublikamizda joriy yilning olti oyida chet el investitsiyasi ishtirokida 960 dan ortiq subyekt ro‘yxatdan o‘tgani, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar ko‘paygani diqqatga sazovordir. Bunda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlar faol bo‘layotganini alohida aytib o‘tish joiz.

Shu bilan birga xalqaro moliya institutlari bilan 1,5 milliard AQSH dollarilik bitimlar imzolandi. Hududlarda 280 dan ziyod loyihalar ro‘yobga chiqarilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan poytaxtimizda mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarning investitsiyaviy taklifiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?