Oʻzbekistonda besh yoki undan koʻp bolali boʻlishni orzu qiladiganlar qayerda yashaydi?

18:28 05 Aprel 2019 Lifestyle
2241 0

Yaqinda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan fuqarolarning reproduktiv bilimlari, reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq xususidagi tushunchalarini aniqlash maqsadida ijtimoiy soʻrov oʻtkazildi.

Sotsiologik tadqiqotda fuqarolardan oilada qancha farzand koʻrish istagi borligi ham soʻraldi. Maʼlum boʻlishicha, oʻzbekistonliklarning koʻpchiligi uch (35 foiz) yoki toʻrt (30,8 foiz) bolali oilani afzal deb biladi. Yoshlar orasida bu borada quyidagicha qarash shakllangani eʼtiborga loyiq: 18-20 yosh guruhidagi respondentlarning 57,1 foizi, 21-30 yosh oraligʻidagilarning esa 42 foizi oilada uch nafar farzand koʻrishni xohlashlarini bildirgan.

Besh yoki undan koʻp bolali boʻlish orzusidagilar esa tadqiqot ishtirokchilarining 13,2 foizini tashkil etgan. Ular asosan Surxondaryo(34,8 foiz), Xorazm(19 foiz) va Qashqadaryo(18,8 foiz) viloyatlarida istiqomat qiladigan hamyurtlarimizdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?