Oʻzbekistonda benzin, gaz va elektr energiya narxlari oshiriladi

10:51 31 Iyul 2019 Iqtisodiyot
520 0

Yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari va tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi (633-son, 30.07.2019-y.).

Qaror bilan 2019-yilning 15-avgustidan boshlab quyidagilar belgilandi:

pirovard isteʼmolchiga avtobenzin va dizel yoqilgʻisini sotishda aksiz soligʻini hisobga olgan holda, chakana narx:

AI-80 rusumdagi avtobenzin – bir litr uchun 4500 soʻm (hozirda bir litr uchun 4000 soʻm);

dizel yoqilgʻisi – bir litr uchun 5400 soʻm (hozirda bir litr uchun 4800 soʻm);

EKO dizel yoqilgʻisi – bir litr uchun 5700 soʻm (hozirda bir litr uchun 4900 soʻm);

AI-91 rusumli avtobenzinni birja savdolari orqali sotishni amalga oshirish tartibi;

qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarning ayrim toifalariga avtobenzinni sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasini toʻlash summasi 75000 soʻm miqdorida (hozirda 66 700 soʻm).

Shuningdek, 2019-yil 15-avgustdan quyidagi tariflar ham tasdiqlandi:

aholi uchun 1 kub.m gaz – 380 soʻm (hozirda 320 soʻm);

aholi uchun 1 kVt elektroenergiya – 295 soʻm (hozirda 250 soʻm).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?