Oʻzbekistonda 9 oyda 56,6 trln xorijiy investitsiya va kredit oʻzlashtirildi

18:40 23 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
214 0

Joriy yilning 9 oyida Oʻzbekiston Respublikasida jami 56,6 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan boʻlib, ularning eng katta qismi Qashqadaryo viloyati hissasiga toʻgʻri kelgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublika boʻyicha jami oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning yuqori ulushiga ega hududlar:
- Qashqadaryo viloyati – 18,5 %
- Toshkent shahri – 15,0 %
- Navoiy viloyati – 14,5 %

Maʼlumot oʻrnida, Qashqadaryo viloyatida xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilgan holda tozalangan metan asosida suyultirilgan sintetik yoqilgʻi ishlab chiqarishni tashkil etish, uglevodorod gazini qazib chiqarishni kengaytirish kabi loyihalarni keltirish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?