Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari Qirgʻizistondagi sport musobaqasi chogʻidagi vaziyatni muhokama qildi

21:02 22 Avgust 2019 Sport
208 0

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari Qirgʻizistondagi sport musobaqasi chogʻidagi vaziyatni muhokama qildi

Internet tarmogʻida Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Qorasuv shahrida shu yil 18-avgust kuni “WEF PROFFIGHT” turnirida sodir boʻlgan voqea yuzasidan turli videolar tarqaldi.

Mazkur masala boʻyicha 22-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali muloqot oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida sodir boʻlgan voqea boʻyicha barcha tafsilotlarni birgalikda oʻrganish va vaziyatni mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalar ruhida hal qilishga kelishib olindi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida keltirilgan maʼlumotda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?