Oʻzbekiston terma jamoasining navbatdagi oʻyiniga chiptalar sotuvga chiqarildi

14:15 29 Oktyabr 2019 Sport
205 0

Oʻzbekiston terma jamoasi noyabr oyida JCH—2022 saralashi doirasida Saudiya Arabistoni hamda Falastin termalariga qarshi oʻyinlarga tayyorgarlik doirasida Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi.

Ushbu uchrashuv 9-noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi va soat 17:00 da boshlanadi.

Mazkur uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarildi. Uni “iticket.uz” portali orqali sotib olish mumkin boʻladi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda muxlislar Oʻzbekiston — Qirgʻiziston uchrashuvi chiptalarini “iticket.uz” saytida 3 xil toifada xarid qilishlari mumkin:

1-toifa — 5 000 soʻm;

2-toifa — 10 000 soʻm;

CIP — 35 000 soʻm.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?