O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

16:28 16 Aprel 2018 Sport
454 0

Toshkentda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo ochiq kubogi bo‘lib o‘tdi. 
Unda 11 mamlakatdan 400 nafarga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun o‘zaro bellashdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 14 ta oltin, 13 ta kumush va 21 ta bronza medallari bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar (1ta oltin, 2ta kumush va 2ta bronza) egallashdi. Uchinchi o‘rin Qirg‘iziston (1ta oltin, 3ta bronza) terma jamoasi a’zolariga nasib qildi. 

Osiyo ochiq kubogida o‘zbekistonlik sportchilardan Timur Abishev, Behruz Omondavlatov, G‘olibjon Sulaymonov, Ayubxon Mansurov, Shaxboz Po‘latov, Alisher Yusupov, tojikistonlik Muhammadrizo Quvvatov, qirg‘izistonlik Yerlan Sherov erkaklar o‘rtasida g‘oliblikka erishdi.

Ayollar o‘rtasida esa barcha oltin medallar o‘zbekistonlik sportchilarga nasib etdi. G‘oliblar bilan tanishing: 
-44kg: Gulnur Muratbayeva 
-48kg: Nodira Abduqayumova
-52kg: Muxlisa Ganjayeva
-57kg: Ibodatxon Agojonova
-63kg: Xojinisa Komoldinova 
-70kg: Shohista Nazarova
-78kg: Nodira Yuldasheva 
+78kg: Rinata Ilmatova


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?