“O‘zbekiston temir yo‘llari” ichki yo‘nalishlar uchun chiptalar narxini oshirmoqchi

18:11 13 Iyun 2018 Iqtisodiyot
712 0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat ichidagi yo‘nalishlar uchun chiptalar narxini oshirmoqchi.

Bu haqda Podrobno.uz temir yo‘l kompaniyasidagi manbaga asoslanib xabar berdi. Ayni paytda tariflarni oshirish masalasi Moliya vazirligida muhokama qilinyapti.

Taxminlarga ko‘ra, oddiy poyezdlar uchun chipta qiymati 5-10, “Afrosiyob” poyezdlari uchun esa 10-15 foiz qimmatlashadi.

“Umuman olganda, hozir aniq raqamlar haqida bir narsa deyish qiyin, sababi yangi tariflarni muhokamadan o‘tkazish va ishlab chiqish jarayoni ketmoqda”, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?