Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

09:01 03 May 2019 Hujjatlar
1100 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, 
№ 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 2444-modda bilan toʻldirilsin:

«2444-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, –

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalanib;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;

g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, –

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, –

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) odamlar oʻlimiga;

b) halokatga;

v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, –

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini oʻz ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi»;

2) quyidagi mazmundagi 2481-modda bilan toʻldirilsin:

«2481-modda. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish

Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish, –

uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa;

g) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, –

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, –

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) odamlar oʻlimiga;

b) halokatga;

v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, –

sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

3) 2601-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasidagi “shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish” degan soʻzlar “(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 
217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 
2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 
2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 345-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi – beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 
121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1271-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135, 137-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 
164–166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi – toʻrtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 1861-moddasida, 1862-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193–204-moddalarida, 213-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 214-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 216, 217, 222-moddalarida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243–2443-moddalarida, 2444-moddasi ikkinchi – toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 2481-moddasi ikkinchi – toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 2501-moddasi ikkinchi – toʻrtinchi qismlarida, 251–2551-moddalarida, 2552-moddasi ikkinchi – toʻrtinchi qismlarida, 256–258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 2601-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 2631-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida, 2787-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi»;

2) 3812-modda:

birinchi qismining:

1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1) ichki ishlar organlarining – Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 1271-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 132-moddasida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185–1851-moddalarida, 1862-moddasi birinchi qismida, 213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281–2293-moddalarida, 2444-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2481-moddasi birinchi qismida, 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2552-moddasi birinchi qismida, 
259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 2601-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 
270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2781–2786-moddalarida, 2787-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha»;

4-bandi “2443-moddasida” degan soʻzlardan keyin “2444-moddasi birinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, 
№ 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 
2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 
474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 
2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 99-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlari mustasno), –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini, aholi punktlarining va aholi punktlariaro hududning bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini, madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarni rekonstruksiya qilish rejalarini buzish, dahalarni, mavzelarni va shaharlarning sanoat zonalarini, qishloq aholi punktlarini qurish va obodonlashtirish sifatini, shuningdek binolar va inshootlarning arxitektura yechimlarini buzish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Obyektlarni davlat ekspertizasining loyiha-smeta hujjatlariga, shu jumladan ish hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz, shuningdek qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, – 

fuqarolarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurishga, rekonstruksiya qilishga va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda shunday ishlarni amalga oshirish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan oʻz hududiga tutash va tutash boʻlmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

2) 107-modda:

birinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan soʻzlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan soʻzlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 108-modda:

sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – ikki baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

4) 1162-moddaning dispozitsiyasidagi “shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish” degan soʻzlar “(bundan samoviy hududda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hollari mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin»;

5) 135-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi (ushbu Kodeks 1351-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno), qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilarining, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati (transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki yillik davr bundan mustasno) yonida boʻlmagan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish va ijaraga berish shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazmasdan (hisobga qoʻymasdan) transport vositalarini boshqarish”;

6) 177-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«177-modda. Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish

Oʻzganing tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki adashtirib yuborish darajasida ular bilan oʻxshash boʻlgan belgilardan shu turdagi tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan qonunga xilof ravishda foydalanish yoxud oʻzganing firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

7) quyidagi mazmundagi 1771 va 1772-moddalar bilan toʻldirilsin:

«1771-modda. Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish

Asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish, xuddi shuningdek asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini takrorlash, tarqatish, barchaning eʼtiboriga yetkazish yoxud asarlarning yoki turdosh huquqlar obyektlarining nusxalarida ularning tayyorlovchilari haqida, ularni ishlab chiqarish joylari toʻgʻrisida, shuningdek mualliflik huquqining va turdosh huquqlarning egalari haqida yolgʻon axborotni koʻrsatish, –

asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalarini, shuningdek ularni takrorlash hamda tarqatish uchun foydalaniladigan materiallar va uskunalarni hamda boshqa huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

1772-modda. Ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga boʻlgan huquqlarni buzish

Tegishli patentlangan ixtironi, foydali modelni, sanoat namunasini oʻz ichiga olgan mahsulot yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qoʻllash yoxud bevosita ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul bilan tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, –

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

8) 245-moddaning birinchi qismi “177” raqamidan keyin “1771, 1772” raqamlari bilan toʻldirilsin;

9) 2682-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«2682-modda. Qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalari

Qurilish sohasida nazorat qilish va yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi»;

10) 271-moddaning 11-bandidagi “1761–1764, 177-moddalarida” degan soʻzlar “1761–1764-moddalarida, 177-moddasining birinchi qismida, 1771-moddasining birinchi qismida, 1772-moddasining birinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 291-modda birinchi qismining «a» bandidagi “131, 135, 1351-moddalarida” degan soʻzlar “131, 135 (haydovchilarning malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati yonida mavjud boʻlmaganligi hollari bundan mustasno), 1351-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonunning 1, 2-moddalari, 3-moddasining 4-bandi mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Ushbu Qonun 3-moddasining 1, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11-bandlari mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019 yil 2 may

№ OʻRQ—534


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?