Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

09:11 24 May 2019 Hujjatlar
2746 0

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi 295–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 8, 193-modda; 1994-yil, № 2, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 3-moddasining 3-bandidagi “shuningdek surishtiruv” degan soʻzlar “shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan zbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi 632–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 21-modda ikkinchi qismining zbekcha matnidagi “idoralariga” degan soʻz “organlariga” degan soʻz bilan almashtirilsin;

2) 33-modda birinchi qismining zbekcha matnidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;

3) 34-modda trtinchi qismining zbekcha matnidagi “idorasi” degan soʻz “organi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

4) 35-modda birinchi qismining zbekcha matnidagi “idorasiga” degan soʻz “organiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;

5) 36-modda birinchi va ikkinchi qismlarining zbekcha matnidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;

6) 37-modda birinchi qismining zbekcha matnidagi “idorasi” degan soʻz “organi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

7) 41-moddaning matnidagi “idoralari” degan soʻz “boʻlinmalari” degan soʻz bilan almashtirilsin;

8) 42-modda zbekcha matnining:

birinchi qismidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi “idorasi” degan soʻz “organi” degan soʻz bilan almashtirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini tlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi 661–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 359-modda; 1994-yil, № 11–12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 1-moddadagi “Surishtiruv organiga” degan soʻzlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 2-moddadagi “surishtiruv organiga” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar bajargan ishlari uchun tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar”;

4) 9-moddadagi “Surishtiruv organiga” degan soʻzlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 4-moddaning beshinchi xatboshisi “tezkor-qidiruv faoliyatni” degan soʻzlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2) 8-moddaning birinchi qismi “tezkor-qidiruv faoliyatni” degan soʻzlardan keyin “tergovga qadar tekshiruvni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

3) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror oʻz vakolatlari doirasida:

surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa maʼlumotlarni tekshirish uchun talab qiladi; 

sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda hal etish toʻgʻrisidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;

tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;

jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;

tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida boʻlgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradi;

surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish boʻyicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni toʻla hajmda amalga oshiradi;

surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;

jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qoʻshimcha tergov oʻtkazish toʻgʻrisidagi oʻz koʻrsatmalari bilan qaytaradi;

jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga oʻtkazadi;

surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chogʻida qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;

jinoyat ishlarini qoʻzgʻatadi yoki ularni qoʻzgʻatishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini toʻxtatadi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi;

ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;

qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Prokurorning jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish, jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish va tergov qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir”;

4) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “Ayblov xulosasini” degan soʻzlar “Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 43-moddaning birinchi qismi “tergovchilar” degan soʻzdan keyin “surishtiruvchilar” degan soʻz bilan toʻldirilsin;

6) 49-moddaning birinchi qismidagi “va tergovchiga” degan soʻzlar “tergovchi va surishtiruvchiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo blgan bemorlarni majburiy davolash toʻgʻrisida”gi 753–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 36-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,1995-yil, № 6, 121-modda; 1997-yil, № 2, 69-modda; 1998-yil, № 1, 17-modda; 1999-yil, № 1, 5-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 2-modda ikkinchi qismining zbekcha matnidagi “idoralarining” degan soʻz “organlarining” degan soʻz bilan almashtirilsin;

2) 3-moddaning zbekcha matnidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;

3) 4-modda ikkinchi qismining zbekcha matnidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;

4) 6-moddaning zbekcha matnidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi 768–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 52-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 473-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 8-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ichki ishlar organlarida ijro etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etilayotgan paytda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxslarning salom berishi –Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari bilan belgilanadigan qoidalar bilan”;

2) 11-moddaning zbekcha matnidagi “idoralarida” degan soʻz “organlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 864–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 92-moddasining birinchi qismidagi “militsiya organlari” degan soʻzlar “ichki ishlar organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 234-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “surishtiruvchi” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 238-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “xuddi shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib notoʻgʻri tarjima qilish” degan soʻzlar “xuddi shuningdek tarjimonning bir tildan ikkinchi tilga bila turib notoʻgʻri tarjima qilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 240-modda birinchi qismining dispozitsiyasidagi “Surishtiruv olib borish” degan soʻzlar “Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv olib borish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 911914-moddalar bilan toʻldirilsin:

911-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqrejimida tkazish

Guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (soʻroq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish)mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Videokonferensaloqa jarayonida tergov harakati ishtirokchilari tergov harakati jarayoni va natijalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya orqali bevosita kuzatib boradi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan oʻz tashabbusi bilan yoxud jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomasiga koʻra qabul qilinadi.

Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:

tasvir sifati boʻyicha – oʻlchami 1920X1080, sekundiga 50 ta kadr;

ovoz sifati boʻyicha – chastota diapazoni 100-12 000 Gs;

axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha – VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.

912-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqrejimida tkazish asoslari

Tergov harakatlari quyidagi hollarda videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladi:

1) shaxsning jinoyat ishini tergov qilayotgan organga yoki tergov harakati oʻtkazilayotgan joyga sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra bevosita kelish imkoniyati boʻlmaganda;

2) jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash zarurati tugʻilganda;

3) kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari oʻtkazilganda;

4) tergov harakatini oʻtkazish qiyinlashishi yoki ortiqcha xarajatlar keltirib chiqarishi mumkinligi haqida asosli sabablar mavjud boʻlganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tegishli qaror chiqaradi.

913-modda. Tergov harakatlarini videokonferensaloqrejimida tkazish shartlari va tartibi

Muayyan tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish haqida qaror qabul qilingan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud jinoyat protsessining muayyan ishtirokchisini chaqirtirishni va tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazishni tashkil etishni soʻrab tegishli organga ushbu Kodeks talablariga muvofiq topshiriq yuboradi.

Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning topshirigʻini bajaruvchi mansabdor shaxs chaqirtirilgan jinoyat protsessi ishtirokchisining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirishi, uning ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini taʼminlashi va tergov harakati tugallanguniga qadar uning yonida boʻlishi kerak.

Tergov harakatini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish uchun mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

Videokonferensaloqa rejimida soʻroq, shaxslarni yoki narsalarni tanib olish yoxud yuzlashtirish ushbu Kodeksning 96–108, 112–131-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Tergov harakati ishtirokchilariga videokonferensaloqada ishtirok etayotgan shaxslarga savollar berish va ulardan javoblar olish, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual huquqlar va majburiyatlarni amalga oshirish imkoniyati taʼminlanishi kerak.

914-modda. Videokonferensaloqa rejimida tkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalarini qayd qilish

Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati jarayoni va natijalari elektron maʼlumotlarni tashuvchi tegishli vositalarga bayonnoma tuzilgan holda yoziladi va qayd etiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud va topshiriqni bajaruvchi mansabdor shaxs tomonidan tuziladi. Videokonferensaloqa materiallari bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.

Tergov harakatining bayonnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya qilingan holda tuziladi va unda jinoyat protsessi ishtirokchilari koʻrsatuvlarining mohiyati aks ettiriladi.

Videokonferensaloqa yozuvining vaqti oʻtkazilgan tergov harakatining aniq vaqtiga mos kelishi kerak. Videokonferensaloqa jarayonidagi tanaffuslar yuzasidan izoh berilishi hamda ular videoyozuvda va bayonnomada aks ettirilishi kerak.

Videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilgan tergov harakati bayonnomasi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud, topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs hamda tergov harakatining boshqa ishtirokchilari tomonidan imzolanadi. Topshiriqni bajarayotgan mansabdor shaxs tomonidan tuzilgan bayonnoma surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga yuboriladi”;

2) 121-modda quyidagi mazmundagi uchinchi  oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

“Jinsiy erkinlikka qarshi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar savdosiga oid jinoyat ishlari boʻyicha voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish, shuningdek boshqa holatlarda soʻroq qilish, agar buni odil sudlovning yoki voyaga yetmagan shaxsning manfaatlari talab etsa, stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonada qonuniy vakil, pedagog yoki psixolog ishtirokida oʻtkazilishi mumkin.

Soʻroqni stenografiya, videokuzatuv, shuningdek audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalarda oʻtkazish tartibi surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan belgilanadi.

Zarur boʻlgan hollarda, himoyachi, voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili, pedagog yoki psixolog savollarni surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ruxsati bilan qayta tuzish huquqiga ega, bunda savollarning mohiyati oʻzgartirilmaydi.

Voyaga yetmagan guvohni yoki jabrlanuvchini soʻroq qilish stenografiyasi, ular koʻrsatuvlarining audio- va videoyozuvlari ushbu moddaga muvofiq bayonnomaga ilova qilinadi”;

3) 127-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Tanib oluvchining xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsni tanib olish uchun koʻrsatish surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning qaroriga koʻra tanib olinuvchining tanib oluvchini koʻrib turishi istisno etiladigan sharoitlarda oʻtkazilishi mumkin. Bu holda xolislar tanib oluvchi turgan joyda boʻladi”;

4) 131-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Agar shaxsni tanib olish koʻrib turishni istisno etadigan sharoitlarda oʻtkazilgan boʻlsa, bayonnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritilishi kerak”;

uchinchi va trtinchi qismlari tegishincha trtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

5) 318-modda birinchi qismining 71-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“71) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan foydalangan holda oʻtkazish chogʻida qilingan xarajatlardan”;

6) 345-moddaning beshinchi qismidagi “278-moddasi ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 361-modda birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “tergovchi” degan soʻz “surishtiruvchi, tergovchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 3812-modda birinchi qismining 1-bandidagi “278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “278-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 
67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 126-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, –

eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;

2) 128-moddaning birinchi qismidagi “1283, 1285, 1286 va 130-moddalarida” degan soʻzlar “1283-moddasida, 1284-moddasining birinchi qismida, 1285, 1286 va 130-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 1284-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1284-modda.Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yharakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bysunmasdan txtash chiziinibosib kirishi va tishi

Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, –

eng kam ish haqining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, –

eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oʻsha huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan oʻsha huquqbuzarlik maʼmuriy jazo ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;

4) 194-moddaning:

nomidagi Militsiya xodimining” degan soʻzlar Ichki ishlar organlari xodimining degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni toʻxtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki koʻrsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida boʻlish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini toʻxtatish, jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda boʻysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik”;

5) 195-moddaning:

nomidagi Militsiya xodimlarining” degan soʻzlar “Ichki ishlar organlari xodimlarining degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ichki ishlar organlari xodimining oʻz vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda daʼvatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish”;

6) 196-moddaning:

nomidagi militsiyaning” degan soʻz “ichki ishlar organlarining degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

dispozitsiyasidagi “militsiyaning” degan soʻz “ichki ishlar organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 199-moddaning dispozitsiyasidagi “Militsiya” degan soʻz “Ichki ishlar organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 242-modda birinchi qismining 4-bandidagi “(militsiya)” degan soʻz chiqarib tashlansin;

9) 245-moddaning birinchi qismidagi “1284-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar “1284-moddasining toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 248-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

248-modda. Ichki ishlar organlari

Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 561-moddasida, 
113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 122, 123, 125-moddalarida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 
1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147, 156, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Ichki ishlar organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:

1) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 122, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 156, 183, 192, 204, 205-moddalarida, 220-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 221, 223, 2231, 2233, 224-moddalarida, 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun – tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari;

2) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi qismida, 114-moddasining birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 122, 123, 156, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun –metropolitenni muhofaza qilish boʻyicha ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki boshligʻi oʻrinbosarlari;

3) ushbu Kodeks 225-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun –temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarining (boshqarmalarining) boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari;

4) ushbu Kodeksning 561-moddasida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 122, 123-moddalarida, 127-moddasida (maqsadsiz ovozli signal berishga doir qismida), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi qismida, 
2231, 2233-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun – ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari”;

5) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 1351-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun – yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining (Bosh boshqarmasining) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, yoʻl-patrul xizmatini hamda maʼmuriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha bosh inspektor, inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasining (boʻlimining) boshligʻi, maʼmuriy huquqbuzarliklar materiallarini koʻrib chiqish boʻyicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimining (boʻlinmasining) boshligʻi, davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yoʻl harakati xavfsizligi guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;

6) ushbu Kodeksning 125-moddasida, 1251-moddasining birinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1281-moddasining birinchi qismida, 1282-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1285-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1286-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun – yoʻl-patrul xizmati brigadasi (batalyoni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari;

7) ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 1282-moddasining birinchi qismida, 1283-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1284-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 135-moddasining birinchi qismida, 1351-moddasining birinchi qismida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun – yoʻl-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar”;

11) 258-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshligʻi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boʻlimining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshligʻi), Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari)”;

12) 284-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish maqsadida, agar bayonnoma tuzish shart boʻlib, uni joyning oʻzida tuzishning imkoni boʻlmasa, ichki ishlar organi xodimi yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzishga vakolatli boshqa shaxs huquqbuzarni ichki ishlar organiga yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi binosiga keltirishi mumkin”;

ikkinchi, uchinchi va trtinchi qismlaridagi “militsiyaga” va “militsiya xodimlari” degan soʻzlar tegishincha “ichki ishlar organlariga” va “ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 290-moddaning yettinchi qismidagi “militsiya xodimlari” degan soʻzlar “ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

14) 291-moddaning:

birinchi qismi a kichik bandidagi “militsiya xodimining” degan soʻzlar “ichki ishlar organi xodimining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida jarima toʻlanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʻrsatmasiga binoan jarima solish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi”;

15) 294-moddaning uchinchi qismidagi “(militsiya)” degan soʻz chiqarib tashlansin;

16) 326-moddaning uchinchi qismidagi “332-moddasi birinchi qismida belgilab qoʻyilgan” degan soʻzlar “332-moddasida belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

17) 332-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlashi kerak”.

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 
165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010-yil, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda) 165-moddasidagi “surishtiruv organiga, tergovchi” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchi, tergovchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5,67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda;2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, 

№ 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 
130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 
2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 192-moddaning:

uchinchi qismidagi “topilma toʻgʻrisida militsiyaga” degan soʻzlar “topilma toʻgʻrisida ichki ishlar organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

trtinchi qismidagi “saqlash uchun militsiya” degan soʻzlar “saqlash uchun ichki ishlar organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 193-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Agar yoʻqolgan ashyoni olishga haqli boʻlgan shaxs topilma toʻgʻrisida ichki ishlar organiga yoki tegishli davlat organiga xabar qilingan paytdan eʼtiboran olti oy mobaynida aniqlanmasa hamda ashyoni topgan shaxsga yoxud ichki ishlar organiga, tegishli davlat organiga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga ushbu ashyoga boʻlgan oʻz huquqi toʻgʻrisida arz qilmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini oladi”;

3) 195-moddaning:

birinchi qismidagi “militsiyaga” degan soʻz “ichki ishlar organiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi “militsiya” degan soʻz “tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz hayvonlarni tutish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 991-moddaning:

nomidagi Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi “Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 1001-moddaning uchinchi qismidagi “Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 1061-moddaning:

nomidagi surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

matnidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar soliini saqlash toʻgʻrisida”gi 265–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 
473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 30-moddaning beshinchi qismidagi “Militsiya” degan soʻz “Ichki ishlar organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 39-moddaning birinchi qismidagi “surishtiruv oʻtkazayotgan shaxs” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 45-modda uchinchi qismining trtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv, tergov organlarining, prokuraturaning va sudning ishni sudga qadar yuritish yoki sud tekshiruvi oʻtkazilishi munosabati bilan soʻrovi boʻyicha”.

14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2008-yil, № 12, 641-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2018-yil, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 7-moddaning ikkinchi qismidagi “ishni dastlabki tergov qilishda” degan soʻzlar “ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 8-moddaning uchinchi qismidagi “surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Shikoyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil jazoni ijro etish muassasalariga moneliksiz kirish huquqiga ega”;

2) 76-modda quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarga himoyalangan aloqa kanallari boʻyicha videokonferensiya tizimi orqali masofali video-uchrashuv berilishi mumkin”; 

toʻqqizinchi qismi ninchi qism deb hisoblansin;

3) 79-modda:

ikkinchi qismidagi “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) nomiga joʻnatiladigan xatlar va boshqa joʻnatmalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

“Mahkumlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan murojaatlari muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay tegishli vakilga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda arizachiga darhol yetkazib beriladi”; 

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

4) 88-moddaning uchinchi qismidagi “shu muassasalarning” degan soʻzlar “jazoni ijro etish muassasalari va ular tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 113-modda uchinchi qismining trtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yopiq turdagi tibbiyot muassasalarida maxsus davolanish talab etiladigan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar”.

16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5–6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 
2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 
452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar) 5-moddasi birinchi qismining 17-bandidagi “hamda surishtiruv oʻtkazib” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi 723–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 186-modda; 2010-yil, № 9, 339-modda, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 3-modda) 19-moddasining trtinchi qismidagi “Militsiya” degan soʻz “Ichki ishlar organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Temir yl transporti toʻgʻrisida”gi 766–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 118-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2011-yil, № 9, 246-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda) 22-moddasining trtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari boʻlinmalari” degan soʻzlar “ichki ishlar organlarining transportda xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi 813–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 
536-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 10, 679-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 35-moddaning uchinchi qismidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 42-moddaning ikkinchi qismidagi “Surishtiruv” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi 822–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda; 2006-yil, № 4, 157-modda; 2007-yil, № 9, 
414-modda; 2011-yil, № 12/2, 366-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 14-moddasining uchinchi qismidagi “militsiya” degan soʻz “ichki ishlar organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 
2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 
452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi”;

2) 421-moddaning ikkinchi qismidagi “ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik boʻlimiga (boshqarmasiga)” degan soʻzlar “ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boshqarmasiga)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ–42-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda) 30-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

nomidagi surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

matnidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-dekabrda qabul qilingan zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi OʻRQ–65-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 12, 651-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) nomidagi ichki ishlar idoralari xodimlari” degan soʻzlar “ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 1-moddadagi “Ichki ishlar idoralari xodimlari” degan soʻzlar “Ichki ishlar organlari xodimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–154-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 190-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 7-modda:

birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 12-moddaning:

birinchi qismidagi “Surishtiruvchi” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi “surishtiruvchining” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “surishtiruv” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–249-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 230-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 10-moddaning oltinchi qismidagi “Surishtiruv, dastlabki tergov organlari” degan soʻzlar “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 14-modda birinchi qismining trtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida sud ekspertini ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) xulosa bilan birga yuborishi”;

3) 17-moddaning birinchi qismidagi “Surishtiruvchining” degan soʻz “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 23-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun sud eksperti jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi”.

26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentyabrda qabul qilingan “Voyaga yetmaganlar rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–263-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 343-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda) 21-moddasining trtinchi xatboshisidagi “surishtiruvchi” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentyabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish choida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ–298-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 19-modda:

uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa davlat organlari nomiga” degan soʻzlar “yoki qamoqda saqlash joylarini tekshirish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari nomiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi trtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning nomiga yuborilgan shikoyatlar muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas hamda oluvchiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning javobi muassasa maʼmuriyati tomonidan koʻzdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi”;

trtinchi – yettinchi qismlari tegishincha oltinchi – toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining yoki tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar berilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay qamoqda saqlash joyi maʼmuriyati tomonidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruv organiga, tergov organining boshligʻiga yoxud prokurorga, prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar esa yuqori turuvchi prokurorga yuboriladi yoki topshiriladi”;

2) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

23-modda. zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari byicha vakilining (ombudsmanning) vazbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagiTadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish byicha vakilning qamoqda saqlash joylariga borishi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish, shuningdek ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar oʻtkazish huquqiga ega.

Qamoqda saqlash joyining maʼmuriyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashi shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlar bilan uchrashuvlari va suhbatlari qamoqda saqlash joyi xodimlari ularni koʻrib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli oʻtkaziladi”;

3) 33-moddaning birinchi qismidagi “ayblov xulosalarining” degan soʻzlar “ayblov xulosalarining va ayblov dalolatnomalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–353-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 16-moddasidagi “surishtiruvchining” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–371-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

20-modda. Huquqbuzarliklar profilaktikasi

va jinoyatchilikka qarshi kurashish byicha

idoralararo komissiyalar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida:

qonuniylikni va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, yuridik shaxslarning, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini huquqbuzarliklardan himoya qilishni taʼminlashni;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etishni;

vakolatli organlar va muassasalarning faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligini va uyushgan holda ishlashini taʼminlash maqsadida ularning faoliyatini muvofiqlashtirishni;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni baholashni, monitoring qilishni va ularning samaradorligini oshirishni;

jinoyatlarni fosh etish, tergov qilish, ularning oldini olish 
va ularga barham berish amaliyotini oʻrganishni;

jinoyatlarning fosh etilishini hamda surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashiringan shaxslarning qidiruvini taʼminlash maqsadida tezkor-qidiruv va profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishni;

tizimli kamchiliklar yuzaga kelishiga imkon berayotgan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashni, tahlil qilishni hamda ularni huquqni qoʻllash amaliyoti va qonun hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan bartaraf etishni;

organlar va muassasalarning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga barham berish borasidagi hamkorligini yaxshilash, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash yuzasidan choralarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishga doir axborotni toʻplashni, saqlashni, ularga ishlov berishni, ularni tahlil qilishni, shuningdek tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ushbu axborotdan foydalanishni amalga oshiradi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiyalarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”.

30-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 215-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvchining” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 242-moddaning birinchi qismidagi “surishtiruv oʻtkazadi” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruv oʻtkazadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentyabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–407-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 4-moddaning:

trtinchi xatboshisidagi “tezkor-qidiruv faoliyatini” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni, tezkor-qidiruv faoliyatini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshisidagi “shaxslarni qidirish” degan soʻzlar “shaxslarni qidirish boʻyicha ishlarni tashkil etish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 13-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ichki ishlar organlarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari (boʻlimlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining oʻta muhim va toifalangan obyektlardagi boʻlinmalari, shaharcha ichki ishlar boʻlinmalari va ichki ishlar organlarining tayanch punktlari, shuningdek taʼlim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlardan iboratdir”;

ikkinchi qismi “qorovul qoʻshinlari” degan soʻzlardan keyin “hamda xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

3) 14-moddaning trtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;

4) 16-modda birinchi qismining:

ninchi xatboshisidagi “surishtiruv va tergov organlariga” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga, surishtiruv va tergov organlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

n trtinchi xatboshisidagi “va surishtiruvchining” degan soʻzlar “surishtiruvchining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yigirmanchi xatboshisidagi “axloq tuzatish ishlari, qamoq” degan soʻzlar “majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yigirma uchinchi xatboshisidagi “yoki qamoqqa olishga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

5) 17-modda birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisidagi “surishtiruv, tergov organlaridan” degan soʻzlar “tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlardan, surishtiruv, tergov organlaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 26-moddaning:

birinchi qismidagi “Yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan” degan soʻzlar “Oʻn sakkizdan oʻttiz yoshgacha, shu jumladan oʻttiz yoshdagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qoʻllanilganligidan qatʼi nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas”;

7) 30-moddaning:

n birinchi va n ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi n birinchi qism bilan almashtirilsin:

“Ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun – ellik besh yoshni, generallar tarkibi uchun – oltmish yoshni, ayollarga esa (mavjud unvonidan qatʼi nazar) – ellik yoshni tashkil etadi”;

n uchinchi – n yettinchi qismlari tegishincha n ikkinchi – n oltinchi qismlar deb hisoblansin;

n uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli xodimlarning xizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ushbu xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, boshliqlar tarkibidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarning xizmat muddati esa oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin”;

8) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda oʻqitilmaydigan ixtisosliklar mustasno”;

9) 32-modda birinchi qismining:

ikkinchi xatboshisi “oʻzining xohishi” degan soʻzlardan keyin “(pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlarga) – xodimning bildirgisi asosida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

trtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi – xodimning bildirgisi asosida”;

oltinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organlaridagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi”;

n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi”;

n uchinchi xatboshisidagi “ichki ishlar organi xodimida” degan soʻzlar “xodimda” degan soʻz bilan almashtirilsin;

n trtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“boshqa turdagi davlat xizmatiga oʻtganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda)”;

10) quyidagi mazmundagi 341-modda bilan toʻldirilsin:

341-modda. Ichki ishlar organlari tergov boʻlinmalari xodimlarining daxlsizligi 

Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari surishtiruvchilariga, tergovchilariga va rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, Toshkent shahar, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergovchilariga, boʻlinmalari rahbarlariga 
va boshligʻiga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan qoʻzgʻatiladi”.

32-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–419-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 9-modda birinchi qismining trtinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “surishtiruvni” degan soʻz “tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

33-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

1) Oʻzbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktyabrda qabul qilingan “Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 136–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31–33, 355-modda);

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini z kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 73–I-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 121-modda) 230-bandi.

34-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

35-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

36-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti SH. Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2019-yil 23-may

№ OʻRQ—542


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?