Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

01:11 23 May 2019 Hujjatlar
4595 0

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining1993 yil 3 sentyabrdaqabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi938–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2002 yil, № 4–5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “sakkiz barobari” degan soʻzlar “oʻn barobari ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 31-moddaning oltinchi qismidagi “sakkiz barobaridan” degan soʻzlar “oʻn barobaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 128-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 5, 
89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 10, 473-modda; 2010 yil, № 5, 177-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 6, 
300-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) 41-moddasiga quyidagi qoʻshimcha 
va oʻzgartish kiritilsin:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Tibbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar ham Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash boʻyicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻladilar”;

ikkinchi – oltinchi qismlar tegishincha uchinchi – yettinchi qismlar deb hisoblansin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrda qabul qilingan 
OʻRQ502-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 10, 678-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona instituti” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti (bundan buyon matnda Bojxona instituti deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 13-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi
“Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;

3) 16-modda toʻqqizinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;

4) 17-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Bojxona institutining boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishuvga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;

toʻrtinchi  oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha beshinchi  oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi “birinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 18-moddaning:

birinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;

6) 22-moddaning oʻn oltinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;

7) 23-moddaning toʻrtinchi va oʻn sakkizinchi qismlaridagi
“Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;

8) 26-moddaning birinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin;

9) 32-moddaning ikkinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan soʻzlar “Bojxona” degan soʻz bilan almashtirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 6-modda uchinchi qismining:

toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchioltinchi va yettinchixatboshilari tegishincha toʻrtinchibeshinchi va oltinchixatboshilar deb hisoblansin;

toʻrtinchi xatboshisidagi “masʼul qoʻmitaning” degan soʻzlar “qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitaning (bundan buyon matnda masʼul qoʻmita deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 7-moddaning uchinchi qismidagi “qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar «korrupsiyaga qarshi kurashish 
va sud-huquq masalalari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 81-modda chiqarib tashlansin;

4) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonunchilik palatasi Spikeri masʼul qoʻmitani belgilaydi, qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni masʼul qoʻmitaga 
va, bir vaqtning oʻzida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi, shuningdek fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda masʼul qoʻmita tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi»;5) 14-moddaning uchinchi qismidagi “agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

6) 19-moddaning uchinchi qismidagi “Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib” degan soʻzlar “Qonunchilik palatasi Spikeri” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 523–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 
101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 
2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 
2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil,
№ 1, 1-modda, № 3, 157-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 7-moddaning uchinchi qismidagi “qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar “sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 321-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 328-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 
772-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 7, 431, 433-moddalar; 2019 yil, № 1, 1-modda) 70-moddasi birinchi qismi 3-bandining yettinchi xatboshisidagi “Sof ichimlik suvi” degan soʻzlar “Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi OʻRQ–403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil № 6, 300-modda; 
2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3,
157-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 10-moddaning beshinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 19-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

9-modda.Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2019 yil 22 may

№ OʻRQ-540


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?