Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-avgustdagi “Oʻzbekiston Qahramoni” unvonini berish toʻgʻrisidagi Farmoni

19:44 28 Avgust 2019 Jamiyat
976 0

Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini taʼminlash borasidagi ulkan xizmatlari, soʻnggi yillarda yurtimizda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi va fidoyiligi, davlat va xalq manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoʻlidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-maʼnaviy sohalardagi koʻp yillik samarali va ibratli faoliyati, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

Yerniyazov Musa Tajetdinovich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi

Murotova Lola Neʼmatovna - Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Nurli obod” fermer xoʻjaligi boshligʻi

Normuradov Xasan Norbekovich - “Nuroniy” jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?