Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi

09:45 13 Avgust 2019 Siyosat
118 0

Turkmanboshi shahrida oʻtayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati koʻrib chiqildi.

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiyboʻyi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston Prezidenti Oʻzbekiston delegatsiyasining forumda gi ishtirokini yuqori baholadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti I.Jahongiriy bilan ham uchrashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?