Oʻzbekiston Osiyo chempionatini 4ta oltin medal bilan birinchi oʻrinda yakunladi

16:03 26 Aprel 2019 Sport
413 0

Tailand poytaxti Bangkok shahrida havaskor bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati final janglari davom etmoqda. Unda Oʻzbekistonning finaldagi soʻnggi vakili Bahodir Jalolov oltin medal uchun jang qildi.

+91 kg vaznda ringga chiqqan Bahodir Jalolov qozogʻistonlik Qamshibek Konkabayevni qarshi jang olib borib. Yakunda hakamlarning turlicha qarorlari bilan bergan baholariga koʻra, Bahodir Jalolov ochkolar boʻyicha gʻalaba qozongan holda oltin medalga sazovor boʻldi. Bu Oʻzbekiston terma jamoasining musobaqadagi toʻrtinchi oltin medaliga aylandi.

Bungacha -49 kg vaznda Nodirjon Mirzaahmedov va -56 kg vaznda Mirazizbek Mirzahalilov hindistonlik raqiblarini magʻlub etib, Osiyo chempionatidagi dastlabki ikki oltin medalni Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga keltirgandi. Bobo Usmon Baturov esa yaponiyalik raqibini yenggan va u keltirgan oltin terma jamoaga muddatidan oldin erkaklar oʻrtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishi uchun yetarli boʻlgandi.

Shunday qilib Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining 4ta oltin, 1ta kumush, va 4ta bronza medallari bilan yakunladi. Jamoa erkaklar oʻrtasida ketma-ket ikkinchi marta Osiyoning birinchi raqamli terma jamoasi degan nomni qoʻlga kiritdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?