Oʻzbekiston oltin zaxiralari qanchaga kamaydi?

17:57 14 Avgust 2019 Jamiyat
172 0

Oʻzbekiston Markaziy banki mamlakat oltin-valyuta zaxirasining yangilangan statistikasi eʼlon qildi. Bu haqda MB xabar berdi.

1-avgust holatiga koʻra rasmiy zaxiralar 27,72 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, shundan 12,28 mlrd. dollari chet el valyutasidagi zaxiralar va 15,08 mlrd. dollari oltindir. Umumiy zaxiralar hajmi bir oy davomida deyarli oʻzgarmadi – 27,74 mlrd. dollar.

Biroq zaxiralardagi oltin hajmida kuchli oʻzgarish kuzatilgan. Agar iyulda ushbu miqdor 11,3 mln. troya unsiyasini tashkil etgan boʻlsa, avgustda bu 10,5 mln. troya unsiyasiga tushdi.

Maʼlumot uchun, troya unsiyasi banklar va zargarlar tomonidan qoʻllaniladigan ogʻirlik oʻlchov birligi boʻlib, 31,1034768 grammga teng. Shu asosda oltin zaxirasini tonnaga oʻgirsak, iyulda 351 tonna, avgustda 326 tonna boʻldi.

Bundan oldin Spot Oʻzbekiston oltinning bir qismini xorij obligatsiyalariga almashtirishi haqida xabar bergandi. Xususan, MB oltin ulushini xorij obligatsiyalari hisobiga qisqartirgan holda zaxiralarni diversifikatsiya qilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?