Oʻzbekiston ogʻir kunlarda hamisha ishonchli doʻst boʻlgan

12:54 16 Mart 2020 Siyosat
312 0

O'zA

Avvalo kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan Oʻzbekiston hukumatini, mehribon va doʻst oʻzbek xalqini tabriklaymiz. Hayot quvonchli va qaygʻuli kunlardan iborat. Koronavirusning jahon boʻylab tarqalishi ham dunyo xalqlari uchun katta sinov. Bu boʻhronli kunlarda bir-birimizga hamdard, yelkadosh boʻlishimiz kerak.

Mamlakatlarimiz madaniyatida umumiy tushuncha bor: haqiqiy doʻst boshga ogʻir kun tushganda, gʻamu shodliklarda birga boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi ozarbayjonliklar boshiga ana shunday ogʻir damlar kelgan paytda birinchilardan boʻlib insonparvarlik yordamini joʻnatganidan juda xursandmiz. Bu saxovatli koʻmak Navroʻz bayrami ostonasida butun eronliklar qalbida unutilmas kun boʻlib qoladi.

Eron Islom Respublikasi hukumati va xalqimiz nomidan Oʻzbekiston hukumati va doʻst, birodar xalqiga, ayniqsa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga koʻrsatilgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildiramiz.

Umid qilamizki, butun jahon ahli koronavirusni birgalikda yengib oʻtadi.

Hamid NAYERABADI,

Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi

Favqulodda va muxtor elchisi

Manba: OʻzA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?