Oʻzbekiston — National Geographic Traveler Awards 2018 mukofotlari reytingida peshqadamlar qatorida

15:00 12 Oktyabr 2018 Madaniyat
418 0

Dunyoga mashhur National Geographic Traveler jurnali turizm yoʻnalishidagi anʼanaviy mukofotlarining joriy yilgi reytingida Oʻzbekiston yetakchilar qatorida boryapti.

Mazkur nashr oʻz saytida har yili 25 ta nominatsiya boʻyicha eng ommabop hordiq turlari boʻyicha eng yaxshi sayyohlik yoʻnalishlarini eʼlon qilib keladi. Mazkur reyting onlayn ovoz berish asosida aniqlanadi. Joriy yilgi ovoz berish jarayoni 22 iyunda boshlanib, bugun yakunlanadi.

Eʼtiborlisi, reytingning “Gastronomik turizm” yoʻnalishida Oʻzbekiston birinchi oʻrinda bormoqda. Diyorimiz unda 34 foiz ovoz toʻplagan. Italiya (21 foiz), Ozarbayjon (17 foiz), Fransiya (13 foiz), Armaniston (7 foiz), Janubiy Koreya (5 foiz) va Shvetsiya (3 foiz) esa keyingi pogʻonalarda ketmoqda.

Maʼlumot uchun, Amerikaning dunyoga mashhur mazkur jurnali Milliy geografiya uyushmasi tomonidan 1984 yilda asos solingan. Sayohat, ekzotik mamlakatlar, eng ommabop turizm yoʻnalishlari haqida turkum maqolalar, sayyohlarga maslahatlar berib boriladigan mazkur nashr bugungi kunga kelib dunyoning 20 ta davlatida 10 ta tilda chop etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?