Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Iroq bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

16:15 27 Avgust 2019 Sport
373 0

Oʻzbekiston terma jamoasi 9-sentyabr kuni Iroq milliy termasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Xabaringiz bor, sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi. Saralash bahslarining “D” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ilk oʻyinini safarda Falastinga qarshi oʻtkazadi.

Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy oʻyinlarini oʻtkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida boʻlib oʻtadi. Oʻyin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Shuningdek, 10-sentyabr kuni ham JCH-2022 saralash uchrashuvlari oʻtkaziladi. Taqvimga koʻra esa Ektor Kuper boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2-turda dam oladi. FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida Oʻzbekiston terma jamoasi 9-sentyabr kuni Iroq milliy termasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Mazkur oʻyin Iordaniya poytaxti Amman shahrida tashkil etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?