Oʻzbekiston Milliy kino fondi veb-sayti hamda Milliy filmlar veb-portali yaratiladi

14:03 28 Oktyabr 2019 Madaniyat
117 0

Hukumat qarori bilan 2019–2021-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Dastur milliy veb-resurslar sonini oʻsishi, ularni Internet tarmogʻida ilgari surish va ommalashtirish uchun sharoit yaratish kabi qator masalalarni nazarda tutadi. 

Dasturga muvofiq, maktablarda “Informatika” fani dasturi va oʻqitish metodologiyasi ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy kino fondi veb-sayti hamda Milliy filmlar veb-portali yaratiladi.

Dasturga koʻra, “Vikipediya” internet ensiklopediyasiga Oʻzbekistonning mashhur sportchilari va sport tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtiriladi.

Internet tarmogʻining UZ domenida foydali taʼlimiy-maʼrifiy va mavzuli veb-resurslarni yaratuvchi mualliflar va dasturchilarni ragʻbatlantirish maqsadida bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan internet-loyihalar respublika tanlovi oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?