Oʻzbekiston Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasini birinchilardan boʻlib, arzon narxda sotib oladi

11:04 22 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
485 0

Avvalroq, Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari koʻngillilarda oʻtkazilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, klinik sinovlarning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, Oʻzbekiston ushbu vaksinani birinchilardan boʻlib hamda arzon narxlarda xarid qilishda ustuvorlikka ega boʻlishi taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, ushbu koronavirusga qarshi rekombinant vaksinasi Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?