Oʻzbekiston ikki oyda 1 mlrd dollarlik oltin sotdi

13:49 21 Mart 2020 Iqtisodiyot
174 0

Arxiv surat

2020-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 1,005 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2019-yil yanvar-fevral oylariga nisbatan oʻsish 1,7 foizni tashkil etdi. 2020-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 38,2 foizga teng boʻldi.

Taʼkidlab oʻtish joizki, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollardan, 2016-yilda 738,2 million dollardan, 2017-yilda 1,6 milliard dollardan, 2018-yilda 2,91 milliard dollardan va 2019-yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?