“Oʼzbekiston GTL” zavodidagi voqea boʻyicha axborot

15:42 21 Oktyabr 2020 Jamiyat
2443 0

Bugun, 21-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida barpo etilayotgan “Oʼzbekiston GTL” zavodi qurilish obyektida ishchi- xodimlar tomonidan norozilik harakatlari boʻlib oʻtdi.

Ushbu qurilish obyektida yuzaga kelgan holatning sabablarini oʻrganish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, «Oʻzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati, Qashqadaryo viloyati hokimligi rahbarlari va mutaxassislaridan iborat komissiya tuzilib, oʻsha joyga yuborildi.

Boʻlib oʻtgan voqea tafsilotlari, ishchilarning noroziligi sabablari chuqur va har tomonlama oʻrganilib, mazkur masala yuzasidan xodimlar manfaatlarini qonuniy koʻrib chiqish, hal etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Oʻrganish natijalari toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?