Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun navbatdagi avtobuslar yoʻlga chiqdi

11:27 23 Oktyabr 2020 Jamiyat
437 0

Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan hamyurtlarimizni olib kelish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan joriy yilning 22-oktyabr kuni 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga joʻnab ketdi.

Rejaga muvofiq avtobuslar bugun kechga belgilangan manzilga yetib boradi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelinadi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozogʻiston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qoʻyilgan talablarga qatʼiy amal qilgan holda bajarilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?