Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo qanday

17:29 18 Mart 2019 Iqtisodiyot
403 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi poytaxtimiz bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019 yil 17 mart holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan – 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori, Farhod dehqon bozori (ikkalasi Toshkent) va Navoiy shahri “Saxovat” MCHJga qarashli Markaziy dehqon bozorida,hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx poytaxtimizdagi Yunusobod, Mirobod bozorida qayd etilgan – 34 000 – 42 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 43 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg.qoʻy goʻshti uchun Farhod dehqon bozori, Chorsu dehqon bozori va Qoraqalpogʻistonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz qoʻy goʻshtini 28 000 dan 38 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx yana oʻsha Yunusobod dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti 34 000 – 43 000 soʻmga.

Tovuq goʻshti

12 000 soʻmdan – 21 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Buxorodagi markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 soʻm.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 soʻm

Guruch

3 000 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 soʻm.

Eʼtiborlisi eng qimmat narx ham aynan shu yerda, Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 3 000 – 14 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 500 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi poytaxtimizdagi “Farhod” dehqon bozori va Fargʻonada Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 500 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 soʻmgacha.

Un

1 700 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon un Toshkentning “Qoʻyliq” dehqon bozorida boʻlib, uning narxi 1 kg. uchun 1 700 – 3 350 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kg. 1-navli un uchun narx 1 500 soʻmdan.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun Mirobod dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qoʻyliq dehqon bozori, Xorazmdagi Urganch Mrkaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 soʻmgacha.

Shakar

4 300 soʻmdan – 5 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 soʻm.

1 kg shakar uchun Respublikamizdagi eng qimmat narx Qoraqalpogʻiston Markaziy dehqon bozori, Fargʻona markaziy dehqon bozori hamda Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 5 500 soʻm.

Tuxum

300 soʻmdan – 650 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini oʻrtacha 300 - 650 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

Kartoshka

1 100 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx poytaxtdagi ”Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi – 1 100 soʻmdan – 2 200 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx ham Toshkentda ”Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

5 000 soʻmdan – 18 000 soʻmgacha

Eng arzon narx “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 soʻmdan - 15 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 7 000 – 18 000 soʻmgacha.

Xoʻjalik sovuni

1 500 soʻmdan – 3 500 soʻmgacha

Eng arzon narx Fargʻonadagi Markaziy dehqon bozorida, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Yerqoʻrgʻon dehqon bozori”da kuzatildi. Ushbu bozorlarda siz xoʻjalik sovunini 1 500 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Jizzax shahridagi, Namangan shahridagi va Xorazmning Urganch shaharlaridagi Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 3 000 – 3 500 soʻmgacha.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?