Oʻzbek velosportida tarixiy voqea: Murodjon Xolmurodov jahon reytingining uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi

10:17 15 Avgust 2019 Sport
53 0

Xalqaro velosportchilar ittifoqining soʻnggi yangilangan reytingi oʻzbek sporti uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Zero, unda hamyurtimiz Murodjon Xolmurodov velotrekning ochkolar boʻyicha jamoaviy yoʻnalishida jahon reytingining uchinchi pogʻonasida qayd etilgan. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu hodisa oʻzbek velosporti tarixida ilk bor kuzatilmoqda. 37 yoshli sportchimiz hisobida 1337.5 ochko mavjud. Ayni shu yoʻnalishning ayollar toifasida esa Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma olib ulgurgan Olga Zabelinskaya 1200 ochko bilan toʻrtinchi pogʻonada qayd etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?