Oʻzbek tennischilari Toshkent Chellenjer turnirining juftlik bahslarida gʻolib boʻldi

16:29 12 Oktyabr 2018 Sport
364 0

Toshkentdagi Yalangʻoch mavzesida joylashgan tennis kortlarida davom etayotgan, mukofot jamgʻarmas 75 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi Chellenjer turnirning juftlik bahslarida bosh sovrin sohiblari nomi maʼlum boʻldi.

Finalda oʻzbekistonlik ikki tennischi Joʻrabek Karimov va Sanjar Fayziyev juftligi italiyalik Federiko Gayo va ispaniyalik Enrike Lopez Peres juftligiga qarshi kortga chiqdi. 1 soat-u, 31 daqiqa davom etgan uchrashuv Karimov/Fayziyev juftligi raqiblarini 6:2, 6:7, 11:9 (katta tay-breyk) hisobida gʻalaba qozonib bosh sovrin sohibi boʻldi.

Turnirning yakkalik bahslari davom etmoqda. Afsuski u yerda oʻzbekistonlik tennischilar muddatidan oldin musobaqa bilan xayrlashib boʻlishgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?