Oʻzbek qovunlari “Euronews”  eʼtirofida

09:42 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
760 0

Ayni kunlarda mamlakatimiz yetishtirilgan ekologik jihatdan toza, tabiiy darmondorilarga boy meva-chevalarimiz jahon bozorida tobora xaridorgir boʻlib bormoqda.

Yurtimiz bogʻlarida sharbatga toʻlib pishgan uzum, oʻrik, gilos, anor, qovun singari mahsulotlar bugungi kunda dunyoning turli qitʼalariga eksport qilinyapti.

Kuni kecha dunyoga mashhur “Euronews” axborot agentligi tomonidan oʻzbek qovunlari haqida soʻz yuritilib, teletomoshabinni oʻziga mahliyo etadigan ajoyib lavhalar namoyish etildi.

— Beshariqlik mirishkorlar qishki va bahorgi mavsum uchun sifatli qovun navlarini saqlash va MDH davlatlariga eksport qilish borasida katta tajribaga ega,-deydi qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi Sadriddin Ortiqov. – Agar hayotiy tajribalar ilm-fan yutuqlari bilan oʻzaro uygʻunlashtirilsa, Fargʻona qovunlarini Yevropa va Osiyo qitʼasi mamlakatlariga eksport qilish hajmini yana-da oshirish mumkin.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?